ZOOD Tech bu Mastercard va ZOOD hamkorligidagi BNPLni xizmat sifatda taqdim qiluvchi platforma boʻlib, moliyaviy institutlar, fintex kompaniyalari va chakana savdo korxonalariga BNPL (ingliz tilidan "Buy Now, Pay Later" - hozir oling, keyin toʻlang) platformalarini tez va oson ishga tushirish imkonini beruvchi kompleks texnologik yechimdir. Bulutli raqamli ZOOD Tech platformasi biznesga oʻz mijozlariga ham onlayn, ham doʻkonlarda qulay boʻlib toʻlash yechimlarini taklif qilish imkonini beradi.
ZOOD Tech funksiyalari
Uzluksiz raqamli ro‘yxatdan o‘tish
KYC va AML tekshiruvi bilan to‘liq raqamli ro‘yxatdan o‘tish, firibgarlikning oldini olish orqali barcha qoidalarga rioya qilish.
To‘liq mikroqarz boshqaruvi
Qarzning barcha bosqichlarini boshqarish, taqsimotdan tortib to‘lovgacha, va natijada samaradorlik va kengayishni ta’minlash.
Skoring mexanizmi
Ko‘p modelli tranzaksion va xulq-atvor skoring kartalaridan foydalanib, real vaqt rejimida kredit qarorlarini qabul qilish.
Muddatli to‘lov kartalarini chiqarish va qayta ishlash
MasterCard Processing orqali muddatli to‘lov kartalarini chiqarish va qayta ishlash, keng miqyosda qabul qilish va joriy qilish.
Ilovani moslashtirib ishlab chiqish
Android yoki iOS ilovalarni to‘liq BNPL funksiyalari va moslashtirilgan xizmatlar bilan hamkor brendi ostida ishga tushirish imkoniyati.
ZOOD Tech afzalliklari
Vaqt va xarajatlarni tejash
BNPL platformasini yaratish va ishga tushirish uchun vaqt va resurslar juda kam talab qilinadi.
Barqaror texnologik platforma
Mustahkam skoring tizimi va to‘liq elektron tijorat infratuzilmasi imkoniyatlari.
Talablarga mos integratsiya
Mahalliy qonunchilik talablariga mos integratsiyani ta'minlash imkoniyati.
Kimlar uchun foydali bo‘lishi mumkin?
Moliyaviy tashkilotlar
Qarz ajratishni kengaytiring, xarajatlarni kamaytiring va qonunchilikka mos BNPL yechimlari bilan talablarni bajaring.
Riteyl sotuvchilar
Savdoni oshiring, mijozlar sadoqatini mustahkamlang va moslashuvchan BNPL bo‘lib to‘lash imkoniyatlari bilan ajralib turing.
Protsessor kompaniyalar
BNPL integratsiyasini soddalashtiring, samaradorlikni oshiring va murakkablikni kamaytiring.