Bizning yetakchi ekotizimimiz O‘zbekiston, Livan, Iroq va Pokistondagi 300 milliondan ortiq jismoniy shaxs va 5 milliondan ortiq kichik va o‘rta biznes korxonasidan iborat bo‘lgan umumiy maqsadli bozorga xizmat ko‘rsatadi. Biz innovatsion savdo kanallari orqali xamyonbop moliyalashtirish imkoniyatlarini taqdim etamiz. ZOOD Pay bilan siz internetda, do‘konlarda xaridlarni amalga oshirishingiz hamda 4, 6 yoki 12 ta teng to‘lov orqali to‘lashingiz mumkin!
Bizning moliyalashtirish bo‘yicha mahsulotlarimiz
ZOOD Pay BNPL - to‘rtta teng qismga bo‘lingan, moslashuvchan va foizsiz to‘lov yechimini taklif qiladi. ZOOD Mall ilovasida yoki hamkorlarimiz veb-saytlarida buyurtma berishda ushbu usulni tanlash orqali, siz jami miqdorning 25 foizini darhol to‘laysiz, qolgan 75 foizi esa keyingi uch oyga teng taqsimlanadi. Siz foiz yoki komissiyalar to‘lamaysiz! Moliyalashtirishning maksimal miqdori 500 AQSh dollarini yoki uning mahalliy valyutadagi ekvivavlent miqdorini tashkil qiladi.
ZOOD Pay Credit - bu vositachilik haqi bilan 6 yoki 12 ta teng to‘lovda qoplab beriladigan to‘lov yechimidir. Moliyalashtirishning maksimal miqdori 1500 AQSh dollarini yoki shu uning mahalliy valyutadagi ekvivalent miqdorini tashkil qiladi.
B2B
ZOOD Pay SME - mahsulot zaxiralarini moliyalashtirish
30 kun
B2C
ZOOD Pay iste'molchi uchun -
Hozir xarid qiling, keyin to‘lang
4 qismga bo‘lib to‘lov qilish
vositachilik haqi yo‘q
B2C
ZOOD Pay iste’mol krediti
6ta yoki 12ta to‘lov
vositachilik haqi qo‘llanadi
Bizning savdo tarmoqlarimiz
4000ta onlayn va oflayn sotuvchi, 10 million foydalanuvchini o‘z ichida jamlagan savdo platformamiz tezkor va samarali moliyalashtirish uchun ko‘plab tarmoqlarni taklif etadi.
Qoidalar va shartlar
1. Siz 18 yoshdan katta bo‘lishingiz hamda kamida 3 oy amal qilish muddatiga ega bo‘lgan amaldagi debet/kredit kartaning vakolatli egasi bo‘lishingiz kerak.
2. ZOOD Pay buyurtmangizni tasdiqlash uchun tashqi kredit ma’lumotlari agentligi orqali sizning kreditga layoqatliligingizni tekshiradi. Siz qabul qilingan qarorni darhol olasiz.
3. Buyurtmangiz qiymati 15 dan 1500 AQSh dollarigacha bo‘lishi kerak.