top of page
career-uz

ZOOD – bu Pokiston, O‘zbekiston va Livandagi 300 milliondan ortiq foydalanuvchilar, shuningdek kichik va o‘rta biznes (KO‘B) vakillariga innovatsion va hamyonbop moliyaviy yechimlarni taqdim etish orqali moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga ko‘maklashuvchi raqamli moliyalashtirish platformasi. Bosh ofisi Shveytsariyada joylashgan ZOOD tez o‘sayotgan va rivojlanayotgan moliyaviy-texnologik bozorlaridagi 10 milliondan ortiq foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatadigan 7 ta vakolatxonaga ega. OrientSwiss brendi sifatida kompaniya o‘z faoliyatining asosi bo‘lgan moliyalashtirish orqali moliyaviy texnologiyalar – ZOOD Pay, elektron tijorat – ZOOD Mall, va elektron logistika – ZOOD Ship (Fargo kompaniyasi tomonidan boshqariladi) xizmatlarini o‘z ichiga olgan yaxlit ekotizimni taqdim etadi.

Bizning madaniyatimiz

ZOOD – bu 7 mamlakatdan 400 nafar ekspertlarga ega noyob jamoa! Umumiy maqsad, yuqori darajadagi ishonch va hamkorlik bilan o‘zaro birlashgan holda, biz o‘sish va rivojlanishga yordam beradigan muhitlarda birgalikda ishlaymiz. Bizning qisqa vaqt ichida erishgan ajoyib yutuqlarimiz jamoamizning diqqat-e'tibori va g‘ayrati ifodasidir. ZOODda biz shuningdek shaxsning kuchiga ham ishonamiz. Jamoamizning haqiqiy kuchi har bir xodimning o‘ziga xos hissasida ekanligini tan olamiz va biz xilma-xillikni qamrab oladigan va qo‘llaydigan madaniyatni faol rivojlantirmoqdamiz.

Artboard-1 2.png

To‘g‘ri ish yuriting

Halollik – jamoamiz va ishimizning asosidir. Biz har doim to‘g‘ri yondashuv asosida faoliyat yuritamiz, halollik va hurmat bilan ish tutamiz. Biz tezlik bilan harakat qilamiz va vazifalarni bajaramiz, shu bilan birgalikga to‘g‘ri bajarganimizni tekshiramiz va ishonch hosil qilamiz!

Artboard-1-copy 1.png

Katta orzular qiling

Biz katta orzular qilamiz va sizning
orzularingizga ham ishonamiz. Rol va lavozimlar biz bilan erisha oladigan narsalaringiz uchun to‘siq emas. Biz sizga yetakchi va innovator bo‘lish imkoniyatini taqdim qilamiz. Siz qilishingiz kerak bo‘lgan narsa - bu biz kabi samimiy orzu qilish!

learn-grow

O‘rganing va rivojlaning

Biz doimo o‘sib boramiz, o‘rganamiz va rivojlanamiz, yanada yaxshiroq bo‘lishga intilamiz. Biz xato qilishdan qo‘rqmaymiz va qiyinchiliklarni yengib o‘tish uchun birgalikda ishlaymiz.

spread-happiness

Baxt ulashing

Biz baxt ulashamiz hamda mijozlarimiz va hamkorlarimizni xursand qilish uchun qo‘limizdan kelgan barchasini qilamiz. Bizni
harakatlantiruvchi kuch esa jamoamiz a'zolarining motivatsiyasi, baxti va ijobiy ruhidir.

career-banner-uz

ZOOD tayanchlari

Bizning maqsadimiz iqtisodiy foyda bilan chegaralanib qolmaydi: biz insonlar gullab-yashnashi, o‘z salohiyatlarini ro‘yobga chiqarishi va mazmunli hissa qo‘shishi mumkin bo‘lgan jamiyat qurishga intilamiz. Shunday qilib, bizning poydevorimiz uchta asosiy elementga tayanadi: mijozlarimiz, hamkorlarimiz va jamoamiz a'zolari. Biz muvaffaqiyatimiz uchun mijozlarimizni birinchi o‘ringa qo‘yishimiz muhim, hamkorlarimiz bilan ish yuritish bizning o‘sishimiz uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega va xodimlarimizga sarmoya kiritish esa bizning barqarorligimizning kaliti deb hisoblaymiz.

consumer

1. Mijozlarimiz

Har bir mijoz biz uchun qadrlidir, shuning uchun biz har bir mijozning xaridlari foydali va qulay bo‘lishi uchun g‘amxo‘rlik qilamiz. Mijozlar ehtiyojini qondirish bizning muvaffaqiyatimiz uchun juda muhimdir, chunki mamnun mijozlar sodiq mijozlarga aylanib, nafaqat kelajakdagi xaridlar uchun qaytishadi, balki ijobiy fikr-mulohazalarni ham tarqatadilar. Bu esa mijozlar oqimi, rivojlanish va foydaning oshishiga olib keladi.

partners

2. Hamkorlarimiz

Hamkorlik munosabatlari muvaffaqiyatimiz uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega, chunki ular kompaniyaga taklif etilayotgan mahsulotlar va xizmatlar tanlovini kengaytirish, samaradorlikni oshirish va yangi bozorlarga kirish imkonini berishadi. Kuchli va o‘zaro manfaatli hamkorlik bizga maqsadlarimizga erishishda, raqobatbardoshlik darajasini oshirishda va mijozlarga noyob foydalanish tajribasini taqdim etishimizda yordam beradi.

team-members

3. Jamoamiz a'zolari

ZOODda biz doimo o‘z sohamizda eng yetakchi bo‘lishga intilamiz. Biz xodimlarimizga sarmoya kiritayotganimizga ishonamiz va ularga o‘z salohiyatlarini to‘liq ro‘yobga chiqarish imkoniyatini beramiz. Biz o‘rganish, o‘sish va hamkorlik madaniyatini rag‘batlantiramiz, shuningdek bizning qarashlarimizga mos g‘ayratli va iste'dodli insonlar uchun yorqin karyera imkoniyatlarini taklif etamiz.

Nega aynan ZOOD?

Biz har bir xodim o‘zining qadrlanganini his qiladigan, hurmat qilinadigan va qo‘llab-quvvatlanadigan xilma-xil va inklyuziv ish muhitini yaratishga intilamiz. Biz ochiq muloqot, ijobiy fikr va doimiy takomillashish madaniyatini rivojlantirishga ishonamiz.

ZOODni bo‘lajak ish beruvchingiz sifatida ko‘rganingiz uchun tashakkur. Biz siz bilan uchrashishni hamda mahoratingiz, tajribangiz va ishtiyoqingiz haqida bilishni intiqlik bilan kutib qolamiz!

Bo‘sh ish o‘rinlari

Bo‘sh ish o‘rinlarimiz bilan tanishib chiqing va ariza qoldiring:

Hozirda bo‘sh ish o‘rinlari mavjud emas.

bottom of page