Biz haqimizda
Bizning tariximiz
ZOOD kompaniyasi - tez rivojlanayotgan moliyaviy-texnologik kompaniya bo‘lib, bosh ofisi Shveytsariyada joylashgan hamda Markaziy Osiyo va Yaqin Sharq bozorlariga xizmat ko‘rsatadigan 10ta vakolatxonasi bor. Kompaniya o‘z raqamli moliyalashtirish tizimi yordamida innovatsion va xavfsiz yechimlarni taklif qilish orqali moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini oshirishga yordam beradi. 10 million (O‘zbekistonda 5 million) foydalanuvchisi bo‘lgan ZOOD kompaniyasi, o‘z faoliyatining markazida moliyalashtirish bo‘lgan holda, ZOOD Pay (moliyaviy texnologik yechimlar), ZOOD Mall (elektron tijorat) va ZOOD Ship (elektron logistika) xizmatlarini o‘z ichiga olgan keng majmuаviy ekotizimni taklif etadi.
10 million+
Foydalanuvchilar
7 million+
Mahsulotlar
3ta
Mamlakatlar
600+
Xodimlar
30,000+
Sotuvchilar
ZOOD Ekotizimi
Sizning muddatli to'lov platformangiz
Raqamli moliyalashtirishning universal platformasi bo‘lgan ZOOD iste’molchilarga 4 bosqichli foizsiz to‘lovlarni, onlayn va oflayn do‘konlarda vositachilik to‘lovi bilan 12 oygacha muddatli to‘lovni hamda KO‘B subyektlari uchun oylik tovar-moddiy zaxiralarni moliyalashtirish va omborda saqlash xizmatlarini taqdim etadi.
Keng transchegaraviy, mahalliy mahsulotlar assortimenti, bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati va bepul yetkazib berish xizmatiga ega, Yaqin Sharq va Markaziy Osiyoda faqat mobil moslamalar uchun mo‘ljallangan, tez rivojlanayotgan xarid qilish ilovasi.
Fargo jo‘natmalarni yetkazish xizmati tomonidan taqdim etilgan oddiy va keng turdagi logistika xizmatlari to‘plami jo‘natmalarni bajarish, jamlash va to xaridor xonadonining so‘nggi nuqtasigacha yoki ZOOD Box Smart tarmog‘i - pochtomatlar va qulay olib ketish joylari orqali yetkazib berishni o‘z ichiga oladi.